Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi

Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan hududda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan mahalla hokim yordamchisining joriy yil 1-chorakdagi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilgani qayd etildi.

Jumladan, ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi fuqaro Ashirova Ilmiraga chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida 25 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratilib, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, Qoshnazarova Fotimaning murojaati asosida chorvachilik yo‘nalishida 10 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun arizasi qabul qilinib, belgilangan tartibda mahalla hokim yordamchisi tomonidan tavsiya xati rasmiylashtirildi hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand Qarshiboyeva Dilnozaning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Tadbirkorlik subyektining mavjud imkoniyatlari, ishlab chiqarish hajmi va bozordagi o‘rni tahlil qilinib, faoliyatni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlar turini ko‘paytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ajratilgan kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4