Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar ishonchini mustahkamlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni joriy etish, normativ-huquqiy hujjatlar hamda amaliy mexanizmlarni shakllantirish orqali davlat organlari va jamiyat hayotida shaffoflik va mas’uliyatni mustahkamlash asosiy maqsad etib belgilangan.

Mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ham qator targ‘ibot va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Raximov hamda Ishtixon tuman prokuraturasi mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Ishtixon tuman bo‘limi faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Har bir davlat xizmatchisi o‘z faoliyatida qonun ustuvorligi, halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi qayd etildi. Shuningdek, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq jarayonlarda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, elektron xizmatlardan samarali foydalanish orqali inson omilini qisqartirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Tadbir davomida xodimlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zarari, shuningdek amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Savol-javoblar orqali ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalarga huquqiy izohlar taqdim etildi.

Mas’ullar tomonidan alohida ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki har bir rahbar va xodimning fuqarolik burchidir. Shu bois jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, fuqarolar ishonchini oshirish va davlat xizmatlarida halollik tamoyillarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi. Kelgusida ham bu kabi amaliy uchrashuv va muloqotlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan. 

Slide 1 of 4