Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari tashrif buyurdilar.

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘rganish tashrifi haqida.

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri hamda kotibiyat mutaxassislari tashrif buyurdilar.

📊 Markaz faoliyati haqida

Bugungi kunda markazda jami 371 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. 

Ulardan:

  • 101 nafar — murabbiy,
  • 26 nafar — o‘qituvchi,
  • 26 nafar — tarbiyachi,
  • 3 nafar — sport psixologi,
  • 10 nafar — mutaxassis,
  • 6 nafar — instruktor-metodist,
  • 15 nafar — tibbiyot xodimi,
  • shuningdek, texnik xodimlar doimiy faoliyat olib bormoqda.

Markazda sportning 33 ta turi bo‘yicha jami 478 nafar sportchi mashg‘ulot o‘tamoqda. Shundan 8 ta sport turi paralimpiya yo‘nalishi bo‘lib, ushbu yo‘nalishda hozirda
42 nafar sportchi shug‘ullanmoqda.

Qabul tartibiga ko‘ra, olimpiya sport turlariga 5-sinfdan, paralimpiya sport turlariga esa 10-sinfdan qabul amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida 16 nafar tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda.

🏥 Tibbiyot va reabilitatsiya sharoitlari

Tashrif avvalida deputatlar markazning tibbiyot xonalari hamda shifokorlar faoliyati bilan tanishdilar. Barcha oliy toifali shifokorlar sportchilar salomatligini muntazam nazorat qilib bormoqda.

Markazda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy fizioterapiya va ko‘p funksiyali tibbiyot jihozlari bilan taʼminlangan bo‘lib, bugungi kunda ular samarali qo‘llanilmoqda.

📚 Taʼlim jarayonlari va axborot resurslari

Deputatlar o‘quv xonalari, onlayn axborot-resurs kutubxonasi hamda dars jarayonlarini kuzatdilar. O‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Yosh sportchilarga kelgusidagi musobaqalarda omad tilab, samimiy suhbat qilindi.

🥊 Sport inshootlari bilan tanishuv

Markazdagi zamonaviy sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. Jumladan:

  • 1 ta universal sport maneji
  • 1 ta boks zali
  • 2 ta og‘ir atletika zali
  • 1 ta kurash zali
  • Yozgi va qishki basseynlar
  • Umumiy sport maydonchalari
  • Yangi foydalanishga topshirilayotgan chim ustida xokkey stadioni
  • Taekvondo va karate sport turlari uchun yangi zamonaviy zallar

Barcha sport turlari jahon standartlariga mos holda jihozlangan bo‘lib, sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🍽 Oziq-ovqat taʼminoti

Markaz oshxonasi faoliyati ham o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 dekabrdagi 731-sonli qaroriga muvofiq, sportchilar uchun sutkalik 6600 kkal oziq-ovqat normasi asosida sifatli ovqatlanish tashkil etilgan.

🏢 Yotoqxona sharoitlari

Markaz tasarrufida 400 o‘rinli zamonaviy yotoqxona mavjud. Har bir sportchi uchun sanitar talablarga javob beradigan, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

🤝 Eʼtibor va qo‘llab-quvvatlash

Tashrif davomida sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport formalari va inventarlar bilan taʼminlash ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar ularning xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishishida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

📌 Tashrif yakuni

Tashrif so‘ngida mutasaddilar bilan mavjud muammo va takliflar muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar va markaz rahbariyati bilan esdalik suratlariga tushib, tashrif yakunlandi.

Slide 1 of 10