Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

#deputat_yon_daftari
#24_ta_muhim_masala

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov Samarqand mahallasida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan manzilli o‘rganish ishlarida ishtirok etdi.

O‘rganish davomida xonadonma-xonadon yurilib, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqot jarayonida yoshlarning qiziqishlari kasb-hunar egallash istaklari ishga joylashish borasidagi ehtiyojlari hamda mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning murojaatlarini hal qilish hamda ularni munosib ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 3