Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar ishtirokida “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar holati va qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Shuningdek, ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, umumiy foydalanish joylarida tozalikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalari ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2