DEPUTAT TASHABBUSI — OBOD MAHALLA SARI MUHIM QADAM
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Z. Rahimova tashabbusi bilan Vatanparvar ko‘chasida homiylar ko‘magida shpess qoplamasi yotqizildi.
Mazkur tashabbus aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan.
Bunday amaliy ishlar deputatlarning aholi murojaatlari va hududiy muammolarga e’tibor qaratishi, homiylar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.