Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat O'. Shukurov tomonidanDo'rmonsoyi mahallasida joylashgan savdo markazlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida aholi kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narx-navosi, mavjudligi hamda savdo jarayonlari bilan tanishildi.
Shuningdek, aholiga zarur mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.