#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📍 MAKTABDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri
O. Tursunov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi
1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov “G‘urjak-2” mahallasi hududida joylashgan 48-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
🏫 Tashrif davomida maktabda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
📚 Shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Tashrif davomida maktab jamoasi bilan suhbatlashilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎓 Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar — ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omildir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube