Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov tomonidan 7-oilaviy poliklinikada amaliy o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, mavjud sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.