Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Malikjon Jalolov tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar Kengashida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mahalliy Kengash deputatlari va siyosiy partiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish va ularni hal etishda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi — deputatlar faoliyatini yanada kuchaytirish va aholi manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladigan amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishdir.