O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida «Ayollarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida Respublika ayollar forumi o‘z ishini boshladi.
🌿Mazkur forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya ham ishtirok etdi.
📌Forum doirasida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, siyosiy faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zamonaviy jamiyat rivojida ayollarning rolini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
🤝Tadbir xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!