Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi ishtirokida fuqaro bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqaroning murojaati tinglanib, unda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Murojaatni o‘rganish va tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.