🔎 O‘rganish davomida maktabdagi sanitariya-gigiena holati, moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️ Maktab hojatxonasining yaroqsiz ahvolda ekani, shuningdek 150 nafar o‘quvchi uchun stol va stullar yetishmasligi aniqlandi.
💬 Aniqlangan muammolar yuzasidan maktab direktori D.Azizova va ko‘chaboshi T.Ibragimov bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
📨 Muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish maqsadida deputat so‘rovi yuborish belgilandi. Unda maktab hojatxonasini ta’mirlash hamda 150 nafar o‘quvchini zarur stol-stullar bilan ta’minlash masalalari ko‘tariladi.
📋 Mazkur masalalar deputat nazoratiga olinib, deputat so‘roviga berilgan javoblar hamda amalga oshirilgan ishlar keyinchalik qayta o‘rganiladi.
💬 “Deputat nazoratining asosiy maqsadi-aniqlangan muammolarni mas’ullar oldiga qo‘yish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.”
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi