35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Maktabdagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlar K.Mamanova, S.Ulug‘murodov va A.Isakulov shuningdek, ekspert guruhi a’zosi D.Xayrqulovalarning 2-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari davom ettirildi.

O‘rganish davomida maktabdagi boshlang‘ich ta’lim sinfxonalari, xususan, yangi o‘quv yilida ta’lim olishni boshlaydigan 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Sinfxonalarning jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning sport zali, tibbiyot xonasi va kutubxonasi ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 8