⚠️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat S.Nurmamatova tomonidan Qozoq Nayman mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔼O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromadlarini oshirish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.
🔼Shuningdek, kambag‘al oilalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔼Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholining turmush farovonligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
‼️Muammo – o‘rganish – amaliy yechim – natija. 🇺🇿
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️