Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich Do'mbirobod mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida tashkil etilgan umumxalq hasharida faol ishtirok etdi.
Hashar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil hududlarni tartibga keltirish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday tadbirlar mahallalarimizni yanada obod va ko‘rkam qilish, fuqarolarda bunyodkorlik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Deputat hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi.