35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Ahillik mahallasidagi Birlashgan ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asfaltlash ishlari oldidan tayyorgarlik jarayoni ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning 2100 metr masofasi asfalt yotqizish uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda hududni obodonlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yo‘lning belgilangan talablar asosida tayyorlanishi bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida asfaltlash ishlarini sifatli tashkil etish, yo‘l qoplamasining uzoq muddat xizmat qilishi uchun zarur tayyorgarlik ishlarini to‘liq amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2