35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Saylovchilar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N. Murodov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jondor tumani kengashi raisi A.Ochilovlar tomonidan Nurafshon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
🔹Muloqotda deputat tomonidan saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
🔹Bunday ochiq va samimiy uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8