Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi 3-“Zarafshon” okrugidan saylangan deputat, "Adolat" SDP partiyasi a’zosi Alisher Qurbonov tomonidan ish rehaga asosan tuman Tibbiyot birlashmasi bo'limida aholini davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida imtiyozli toifadagi fuqarolarga dori vositalarining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berilishi, mavjud zaxiralar, elektron retseptlar asosida dori tarqatish amaliyoti hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholini sifatli hamda uzluksiz dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Davlat tomonidan ayrim toifadagi bemorlarga bepul dori vositalari belgilangan tartibda ambulatoriya-poliklinika muassasalari va elektron retseptlar orqali taqdim etiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==