35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalar tinglandi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolar xonadonlarining obodonlashtirilishi, hovli va uylar atrofining toza hamda tartibli saqlanishi, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, har bir xonadon atrofida tozalik va tartibni ta’minlash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2