35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri ishtirokida hududlarda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Jarayon davomida ko‘chalar va aholi yashash hududlarini tartibga keltirish, atrof-muhit ozodaligini ta’minlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, mavjud hududlarni obodonlashtirish hamda bayram tadbirlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, hududlarni yanada chiroyli va obod maskanga aylantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3