35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#doimiy_komissiya #muhokama

✍️Kun tartibidagi masalalar:
1. Olmaliq shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbaalari hisobidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak daromadlar hamda xarajatlar ijrosi, 2-chorak davomida kiritilgan o‘zgartirishlar hamda 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalar ijrosi to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida mаs’ul davlat organlari vа tashkilotlari rahbarlarining murоjааtlаr bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida.

🔍 Muhokama va natijalar:
Amaldagi qonunchilik hujjatlari (xususan, 19¹-modda) talablaridan kelib chiqqan holda, Moliya va iqtisodiyot bo‘limi tomonidan mahalliy budjet bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan  taklif etilgan tadbirlar ro‘yxatini va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlarni birma-bir ko‘rib chiqildi va shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddi xodimlarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4