35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI
янв.21
📚 YANGI O‘QUV YILIGA — YANGI MAQSAD VA ULKAN NIYATLAR BILAN! 🔔
янв.21
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yozgi o‘yingohlar holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi
kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati X.Xujaqulov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. 

Muloqot davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi. 

Shuningdek, uchrashuvda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Saylovchilar bilan bunday ochiq va bevosita muloqotlarni muntazam tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 7