📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati tomonidan «Jo‘rabek» mahallasi, Obisher ko‘chasidagi 144-xonadon joylashgan berk ko‘chaning ta’mirtalab holati yuzasidan Yashnobod tuman hokimligiga yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.
📝 Yashnobod tuman hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq «Jo‘rabek» mahallasi, Obisher ko‘chasidagi 144-xonadon joylashgan berk ko‘chani ta’mirlash uchun "ovoz to‘plash" yo‘li bilan moliyaviy mablag‘lar ajratilishi maqsadida "Mening yo‘lim" platformasiga kiritilishi belgilandi.
✅ Deputat tomonidan mazkur masalaning ijrosi va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat davom ettiriladi.