#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#qonun_ijrosi_o’rganish
📋 Ta’lim sifati va axborot-kutubxona faoliyati nazoratdan o‘tkazildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan "Boyqishloq" mahallasi hududida joylashgan 65-son umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.
🤝 Nazorat davomida maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasasining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
🏫 O‘rganish jarayonida maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📚 Shuningdek, maktab kutubxonasiga tashrif buyurilib, O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 Jumladan:
📌 axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki hujjatlar;
📚 kutubxona fondini shakllantirish tartibi;
💻 elektron kutubxona va elektron katalogdan foydalanish imkoniyatlari;
🌐 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida joriy etilgan xizmatlar;
⭐ foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🔒 axborot-kutubxona resurslaridan erkin va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o‘rganildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ta’lim sifati hamda axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.