📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. T.Fazilbekovning 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.
Hisobotda tumandagi 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 4 973 nafar bola tarbiyalanayotgani, Oxunboboyev mahallasida 300 o‘rinli yangi DXSh bog‘chasi ishga tushirilgani hamda 194 nafar pedagog malaka oshirgani qayd etildi. Yig‘ilishda ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.