O‘rganish davomida mazkur yo‘lning ayrim uchastkalari ta’mirtalab holatga kelgani, bu esa transport vositalari harakati hamda fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish, yo‘lni ta’mirlash va qatnov uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga masalani ko‘rib chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.