35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
Fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzaev tomonidan “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida tumanning “Qoramanas” mahallasida fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan asosan ijtimoiy yordam olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimini yaxshilash hamda yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

Ijtimoiy yordam masalasi bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning oilaviy va moddiy ahvolini qo‘shimcha o‘rganish hamda amaldagi tartiblarga muvofiq tegishli dasturlar orqali qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha bildirilgan taklif va e’tirozlar yuzasidan kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan choralar ko‘rish belgilandi. Kadastr masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, mavjud muammolarni hal etish mexanizmlari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fuqarolarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul yakunida murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash uchun tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1