35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
🏛 Davlat kadastrlari palatasida O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida
#_24_ta_masala
#_deputat_faoliyati
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova, tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Chorshanbiyeva, doimiy komissiya a’zolari hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov tomonidan Yoshlar ishlari tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tuman bo‘limi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, yoshlarga davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi, mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda biriktirilgan tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Monitoring davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Yoshlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, yangi loyihalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, biriktirilgan tashkilotlar faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3