35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-"Sherobod" saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ishtirokida Sherobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Tug‘ruqxona bo‘limida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏥 O‘rganish davomida bo‘limda homilador ayollar, tug‘ruq jarayonidagi bemorlar hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, bo‘limning sanitariya-gigiyena holati, zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta'minlanganlik darajasi hamda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, kundalik faoliyat davomida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bemorlar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, navbatdagi sessiyada muhokama etish uchun tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda sohada mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5