35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
245-SONLI MAKTABDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI YANGILASH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_komissiya_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

245-SONLI MAKTABDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI YANGILASH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 12-Nazarbek saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan umumta’lim maktabida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashga qaratilgan ishlar holati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

📂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida belgilangan vazifalar, xususan, bino va inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

📈 O‘rganish jarayonida “Veolia Energy Tashkent” MChJ Uchtepa tumani bo‘limining ichki dasturiga asosan 245-sonli umumta’lim maktabini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 600 metr uzunlikdagi yangi issiqlik tarmog‘ini yotqizish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

📇 Joyiga chiqib o‘tkazilgan ko‘rik davomida issiqlik tarmog‘ini yotqizish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan texnik talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📝 O‘rganish yakunida ishlarni sifatli bajarish, issiqlik tarmog‘ini belgilangan muddatlarda ishga tushirish va ta’lim muassasalarini barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.

Slide 1 of 5