📍 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiriga “Do‘stlik” mahallasi fuqarosi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.
Murojaatda mahallaning bir nechta ko‘chalaridagi eskirgan va qo‘lbola usulda o‘rnatilgan simyog‘ochlarni zamonaviy beton elektr ustunlariga almashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.
✅ Murojaat e’tiborga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur masalani bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
🤝 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi fuqarolar murojaatlarini doimiy nazoratda ushlab, aholini qiynayotgan muammolarga yechim topish yo‘lida izchil ish olib boradi.