35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri va deputati A.Nosirov tomonidan Shayxon qabristonida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-276-sonli "Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur Qonun talablariga muvofiq qabristonni saqlash, obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, hududni ozoda saqlash, dafn marosimlarini belgilangan tartibda tashkil etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qabriston hududining infratuzilmasi, ichki yo‘laklarning holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil hududlarni parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida "Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, qabriston hududini yanada obod va tartibli saqlash, fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida bo‘lib, Qonun ijrosini ta’minlash hamda qabristonlarni obodonlashtirish borasidagi monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3