35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
20-Gulzor saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
18-saylov okrugida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24-Chinor saylov okrugi “Ishonch” mahallasida 35-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush sari muhim qadam: aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Deputatlar ishtirokida fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi
янв.21
20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri
#19¹_modda
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasasi faoliyati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Obod yurt" mahallasi hududida joylashgan 25-son umumta’lim maktabi faoliyati deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining holati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, pedagogik jamoa faoliyati, moddiy-texnik baza, kutubxona va boshqa infratuzilma obyektlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab hududining obodonlashtirilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati jarayonida maktab faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi. Ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarga zamonaviy va sifatli ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlik nazorati davlat organlari va ta’lim muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, fuqarolarning ta’lim sifati va ta’lim muassasalari faoliyatiga oid taklif hamda murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratiladi.

Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash, muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2