35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Monitoringda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etib, loyiha ijrosi bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar.
Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan ID–053455290009-sonli loyiha doirasida 1-son ixtisoslashtirilgan maktab hududida faollar zali va zamonaviy kutubxona binosini qurish, shuningdek o‘quvchilar yotoqxonasini ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, bajarilgan ishlar sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi, obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya etilishi hamda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan tahlillar olib borildi.
Shuningdek, pudratchi tashkilot mas’ullari bilan muloqot qilinib, ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatini ta’minlash, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
"Tashabbusli budjet" loyihalari ustidan olib borilayotgan deputatlik nazoratining asosiy maqsadi – fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, budjet mablag‘larining ochiq va shaffof sarflanishini nazorat qilish hamda hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan "Tashabbusli budjet" doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalar ijrosi yuzasidan monitoring va deputatlik nazorati tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 5