Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan Pastdarg‘om tumani Charxin ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar boshlandi.
🌱 Hamkorlik maqsadi qishloq xo‘jaligida ilmiy yondashuvni keng joriy etish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
🤝 Uchrashuv davomida stansiya mutaxassislari bilan:
* zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash;
* suv tejovchi sug‘orish usullarini kengaytirish;
* mahallalarda tajriba maydonlari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📝 Deputat tomonidan ilmiy-tajriba natijalarini hududlarda keng targ‘ib qilish, aholi tomorqalari va fermer xo‘jaliklarida samarali amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.