35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi.

Unga ko‘ra, “Nafosat” mahallasi 8-mavze, 23-uy, 18-xonadonda istiqomat qiluvchi Xusnulina Rimma Sobitovna oilasining uy-joyini ta’mirlash masalasi bo‘yicha murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi qarorlari asosida zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, axborot tizimiga kiritilgan hamda mahalla yettiligi tomonidan ijobiy xulosa berilgan.

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joyni ta’mirlash uchun 20 million 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha kollegial qaror qabul qilinib, tegishli tartibda tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yuborilgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3