Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sultonboy Axmedov Nurobod mahallasidagi 19-son umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
📋 Uchrashuv davomida deputat tomonidan olib borilgan faoliyat, saylovchilar murojaatlari ijrosi hamda hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.