35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

BANDIXONDA YO‘L INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH LOYIHALARI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 20-Obikor saylov okrugidan saylangan deputati X. Salomov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D. Musurmonov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Doniyorov ishtirokida "Obikor" mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir hudud infratuzilmasining bugungi holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, amalga oshirilayotgan investitsiya va qurilish loyihalarining borishini joyiga chiqib ko‘zdan kechirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, transport qatnovi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovini rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan taklif hamda murojaatlari tinglandi.

🛣 Muhokamaning asosiy mavzusi Bandixon tumani va umuman Surxondaryo viloyati transport tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan yirik yo‘l infratuzilmasi loyihalari bo‘ldi. Jumladan:

🔹 4R105 "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobil yo‘lining 5–70-kilometr (65 km) qismini rekonstruksiya qilish;
🔹 4R100 "Mang‘uzar–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov" avtomobil yo‘lining 128–174-kilometr (46 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihalarining amalga oshirilish jarayonlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyihalar nafaqat Bandixon tumani aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratadi, balki viloyatning transport-logistika salohiyatini sezilarli darajada oshirish, hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini yuksaltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati davomida rekonstruksiya ishlari sifati, qurilishning belgilangan muddatlarda yakunlanishi, texnik talab va me’yorlarga to‘liq rioya etilishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududlarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, davlat dasturlarining samarali va sifatli ijrosini nazorat qilish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2