35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
👥📚 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA 🇺🇿✅

📌 O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–406) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Shovot tumani Yoshlar ishlari agentligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahliliy o‘rganish o‘tkazildi.
👥 O‘rganishda “Adolat” SDP Shovot tumani Kengashi raisi Mehrinoz Shuhratovna Abdiyazova, “Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Yo‘ldashevich Davletov, “Adolat” SDP deputatlik guruhi raisi Azamat Shermetovich Qalandarov, deputatlar Dilorom Qadamovna Shodonova, Gulhumar Quranbayevna Dosova, Xursand Baltabayevich Ismailov, Yoshlar maslahat guruhi raisi Ollabergan Zafar o‘g‘li Roximov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov hamda kotibiyat hodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🏢 Xususan, bunyod etilayotgan Yoshlar markazi faoliyati va uning imkoniyatlari bilan tanishildi. Ta’kidlanganidek, markaz faoliyati orqali:
📚 "Mutolaa" loyihasi doirasida yiliga 5 000 nafar yosh kitobxonlikka jalb etiladi;
♟ Shaxmat klubi orqali yiliga 1 500 nafar yosh to‘garaklar bilan qamrab olinadi;
🎥 Media markazi orqali yiliga 1 500 nafardan ortiq yoshning media savodxonligi oshiriladi;
🚀 Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari va tanlovlariga yiliga 20 ming nafardan ortiq yoshlar jalb etiladi.
🎭 Shuningdek, Yoshlar markazida zamonaviy kino va konsert zali, kutubxona, kovorking zona hamda boshqa innovatsion maydonlar yoshlar ixtiyoriga topshirilishi ma’lum qilindi.
🎓 Deputatlar markazda tashkil etilayotgan zamonaviy o‘quv kurslari bilan ham yaqindan tanishdilar. Unda ingliz, koreys, nemis, rus, turk, xitoy tillari hamda ona tili bo‘yicha kurslar yo‘lga qo‘yilib, bir vaqtning o‘zida 135 nafar, umumiy hisobda esa 1 080 nafar tinglovchini qamrab olish imkoniyati yaratilishi qayd etildi.
🌍 Mazkur kurslar yoshlarning xorijiy tillarni mukammal egallashi, nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishi, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi hamda qonuniy mehnat migratsiyasi asosida xorijda faoliyat yuritishi uchun muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
🗣 Deputatlar koreys tili yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladilar. Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi hamda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuksak baholandi.
✅ Nazorat-tahliliy o‘rganish yakunida deputatlar tomonidan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularni zamonaviy bilim hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yoshlarni keng qamrab olish hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 10