Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP a’zosi Yuldasheva Muyassar Tairovna tomonidan “Oqibat” mahallasi fuqarolarining murojaatlari asosida, mutasaddi tashkilot vakillari bilan joyiga chiqib, hal etish choralari ko‘rildi.
Deputat ayni vaqtda elektr tarmoqlari tizimidagi takroriy uzilishlar hamda elektr sovitish moslamalarining shovqinli ishlashi yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, tegishli tashkilot vakillarining amaliy harakatlari va qo‘shnilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra muammoli holatlarni bartaraf etdi.
Xalq bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, joylarda aholini qiynayotgan muammolarni batafsil o‘rganish va uni hal qilish choralarini ko‘rish deputatlar faoliyatining asosiy mezoniga aylangan.