35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Investitsiya loyihasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi noturar joy obyektlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi
янв.21
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Deputat tomonidan Charog‘on mahalla fuqarolar yig‘inining Navnihol ko‘chasida yashovchi fuqaro I.A.ning murojaati o‘rganilib, xonadonning ta’mirtalab holati bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro xonadonini ta’mirlash uchun 20 million 600 ming so‘m mablag‘ ajratilishiga erishildi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bugungi kunda yashash sharoitlari yaxshilandi.

Mazkur ishlar deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy natijalardan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4