35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati qonunchilik mezonlari asosida tahlil qilindi!
Kengaytirilgan uchrashuvdan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahar Kengashining 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov hamrohligida mahalla faollarining ish faoliyatini tegishli qonunlar doirasida tizimli tahlil qildilar.

💬"Mahalla yettiligi" tizimidagi uchta eng muhim va dolzarb yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qonunchilik mezonlari asosida o‘rganildi.

💬Hokim yordamchisi faoliyati — “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun doirasida:

🟢Mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishining maqsadliligi, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

💬Xotin-qizlar faoli faoliyati — Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni doirasida:

🟢Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ularga "Himoya orderi" rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish holati;

🟢Ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan manzilli ishlash va ularni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rib chiqildi.

💬Ijtimoiy xodim faoliyati — O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida” O‘RQ-415-sonli Qonun doirasida:

🟢Mahalladagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, o‘z vaqtida va manzilli yetib borishi;

🟢Ularni ijtimoiy reyestrlarga kiritish va zarur tibbiy-reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

💬"Prezidentimiz tomonidan imzolangan har bir qonun va farmon oddiy odamlarning hayotini yaxshilash, ularni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga adolatli yechim topishga qaratilgan. Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning kundalik faoliyati quruq hisobotlar yoki statistik raqamlar ortidan quvish emas, balki qonun talablarini amalda ta'minlash va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida "Majnuntol" mahallasida aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputat J.Xamroqulov bilan birgalikda daxldor tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi va ijrosi nazoratga olinishi belgilab olindi.
Slide 1 of 3