35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev saylovchilar bilan navbatdagi ochiq uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi. Tadbirda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov, mahalla yettiligi vakillari hamda deputatga biriktirilgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Deputat o‘z hisobotida Kengash kotibiyati tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, saylov okrugida bajarilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, hududni kompleks rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yo‘nalishida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan, ayniqsa, oqova suv tizimi bilan bog‘liq muammolar hamda hududdagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur murojaatlar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida joyida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi. Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olinishi qayd etildi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligi va mas’uliyatini yanada mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aholi va vakillik organi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5