Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada elektron ro‘yxatga olish tizimi o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish va muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Humo mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati o‘rganildi
Deputatlarga biriktirilgan qonunlar targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonunning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosini tashkil etuvchi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish,
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda deputatlarning o‘rni va mas'uliyatini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonun bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini
tizimli yo‘lga qo‘yish, uchrashuvlar, davra suhbatlari, sayyor qabullar hamda mahallalarda tashkil etiladigan muloqotlar orqali qonunlarning mazmunini aholiga sodda va tushunarli tarzda yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, qonunlar targ‘iboti jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, fuqarolarni qiziqtirayotgan savollarga asosli va huquqiy jihatdan to‘g‘ri javob berish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida deputatlar va kotibiyat xodimlariga qonunlar targ‘ibotini belgilangan reja asosida sifatli tashkil etish, har bir hududda amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari natijadorligini muntazam tahlil qilib borish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 

Slide 1 of 4