35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "22-Bag‘dod" saylov okrugi deputati O.Maxmudov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan tuman hokimining hisoboti” masalasi doirasida "Bag‘dod" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 Monitoring davomida mazkur mahalla bo‘yicha 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga 16 ta loyiha kiritilgani, shundan 9 tasi to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirilgani aniqlandi. Amalga oshirilayotgan hamda yakunlangan loyihalarning bugungi holati, ularning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

🐄 Xususan, Abdullayev Abbosbek Abduxalilovich tomonidan amalga oshirilgan chorvachilik kompleksini rivojlantirish loyihasi joyida ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha mahallada chorvachilikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

🏪 Shuningdek, Turdiyev Iqboljon Sharifjonovich tomonidan tashkil etilgan savdo do‘koni va o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi. Ushbu loyiha aholiga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan birga, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

📋 O‘rganish yakunida dastur doirasidagi qolgan loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, ularning amaliy natijadorligini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8