35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Yoshlar bandligini ta'minlash – deputatlar e'tiborida

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Marifjon Buvabekov Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda Andijon shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Shokirov, texnikum rahbariyati, shahar tibbiyot muassasalari vakillari hamda 100 nafarga yaqin bitiruvchilar qatnashdi.

Ochiq muloqot davomida bitiruvchilarning ishga joylashish, kasbiy faoliyatini boshlash hamda bandligini ta'minlash bilan bog‘liq murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar tegishliligiga ko‘ra mas'ul rahbarlar va tibbiyot muassasalari vakillariga biriktirilib, ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalari doimiy e'tiborda bo‘lishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 6