35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Yangi bosqich va qat’iy nazorat: “Manguzar” mahallasida yangi tayinlangan rais hamda “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi
Mazkur o‘rganish jarayonlari quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

💬O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

💬Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori;

💬Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

⏺Tashrif doirasida deputat va mutaxassis mahalladagi o‘zgarishlar, yangi tayinlangan rahbarning moslashuv jarayoni hamda mas’ullarning ish faoliyatini atroflicha ko‘rib chiqdilar:

💬Yangi tayinlangan mahalla raisi bilan muloqot:

🟢Yaqinda “Surxon sohili” mahallasiga rais etib tayinlangan yangi rahbar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Suhbatda PF-116-sonli Farmon talablari doirasida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatini to‘g‘ri muvofiqlashtirish va aholi murojaatlari bilan ishlashda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

💬Hokim yordamchisi faoliyati — "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun doirasida:

🟢Mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishining maqsadliligi hamda manzilliligi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

💬Profilaktika inspektori faoliyati — O‘RQ-371-sonli Qonun doirasida:

🟢O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida profilaktika inspektorining bugungi kundagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan "xonadonbay" ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

💬"Mahallaga yangi raisning tayinlanishi ish tizimini yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishi lozim. Rais boshchiligidagi 'mahalla yettiligi' har bir xonadonga kirib borishi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchisining imkoniyatlarini va hudud xavfsizligi borasida profilaktika inspektorining kuchini to‘liq birlashtira olishi shart. Biz deputat sifatida ushbu yangi jamoaning shakllanishi va muvaffaqiyatli ishlashiga har tomonlama ko‘maklashamiz," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganish yakunida yangi tayinlangan mahalla raisiga ishni tizimli boshlash, aholining eng dolzarb muammolarini hal etish, hokim yordamchisi va profilaktika inspektori bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2