35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
#tashrifga_munosabat
#tashrifga_munosabat


O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim siyosiy voqea bo‘ldi.

Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar sanoat, innovatsiyalar, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston olib borayotgan faol va ochiq tashqi siyosat natijasida xalqaro aloqalarimiz tobora mustahkamlanib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun yangi istiqbollar ochilmoqda.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi sifatida ushbu tashrif yakunlarini qo‘llab-quvvatlayman. Ishonamanki, erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirib, iqtisodiy o‘sish, yangi loyihalar va xalqimiz farovonligi yo‘lida muhim natijalar beradi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash