Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati Nurilla Abdurahmonov, vazirlikka biriktirilgan ishsiz yoshlar hamda mas’ullar ishtirok etishdi.
🔰 Muloqot davomida vazir yoshlarning qiziqishlari, kelajakda egallamoqchi bo'lgan sohalari haqida suhbatlashdi.
➖ Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan:
🔹o‘zi qiziqqan yo’nalishlarda ishga joylashish,
🔹xorijiy tillarni o‘rganish,
🔹tadbirkorlik faoliyatini boshlash,
🔹o’qishni oliy ta’lim
muassasalarida davom ettirish kabi yo’nalishlardagi muammo va takliflar tinglandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🔰Shuningdek, tadbir doirasida vazir E’zoza Karimova 358-maktabda tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyati bilan tanishdi va to‘garaklardagi jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.